BMT agentliklari Orolbo‘yi mintaqasi Ko‘p sheriklik trast fondi ko‘magida Qoraqalpog‘istonda ikkita yangi loyihani ishga tushirdi. YUNISEF loyihasi 4 ta tumanda toza ichimlik suvdan foydalanishni yaxshilashga, BMTTD va FAO loyihasi mahalliy aholiga ekologik muammolarni hal etish ko‘nikmalarini berishga qaratilgan.
Yaponiyaning 2 mln dollarlik moliyaviy ko‘magida BMTTD Orolbo‘yida iqlimga chidamli qishloq xo‘jaligini rivojlantirish loyihasini ishga tushirdi. Yaponiya, shuningdek, innovatsion texnologiyalardan foydalanish va qishloq joylaridagi aholi barqarorligini oshirishda ko‘maklashadi.
Orolbo‘yi mintaqasida allergik kasalliklarni erta aniqlash va davolash yuzasidan «Allergiya va astma» maktablarini tashkil etish reja qilinmoqda. Nukus ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi qoshida tashkil etilayotgan maktablar aholi o‘rtasida bu turdagi xastaliklarni erta bosqichda aniqlash imkonini beradi.
O‘zbekiston Osiyo taraqqiyot banki bilan «Orolbo‘yi havzasida suv resurslarini iqlim o‘zgarishiga mos holda boshqarish» loyihasi uchun bitim imzoladi. OTB loyiha uchun 25 yil muddatga va 5 yillik imtiyozli davr bilan $150 mln qarz ajratadigan bo‘ldi. Prezident mazkur bitimni ma’qullab, qaror qabul qildi.
Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonga sovg‘a sifatida va hukumatning sahroga aylanayotgan yerlarni tiklash bo‘yicha sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida yil oxirigacha Orol dengizining qurigan tubiga 27 ming tup daraxt ekish niyatida. YeI elchilari tomonidan daraxtlarning birinchi partiyasi 28 aprel kuni ekildi.
Orol dengizining suvi qurigan tubi va Orolbo‘yi mintaqasidan ko‘tarilayotgan qum, tuz va chang zarrachalarining salbiy ta’sirini kamaytirish maqsadida 2022−2026 yillarda ushbu hududlarda himoya o‘rmonzorlari barpo etiladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Navoiy va Xorazm viloyatlarida jami 1 mln gektar yerga saksovul, qoraburoq, qandim va cherkez o‘simliklari ekiladi. Yashil qoplamalar uchun 3900 tonna urug‘ tayyorlanadi.
Prezident qarori bilan Qoraqalpog‘istonning ayrim tumanlari va Xorazm viloyati tadbirkorlariga qator imtiyoz va preferensiyalar berildi. Mazkur hududlarda 85 ta yangi kichik sanoat zonasi tashkil etish rejalashtirilgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting